“Real”ni vaqtinchalik kim boshqarishi ma’lum bo‘ldi

  • 19 aprel, 08:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Real” rahbariyati jamoaning Evropa Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizligi va La Ligada peshqadamlikni “Barselona”ga topshirib qo‘ygani uchun Karlo Anchelottini bosh murabbiylikdan ozod qilishi ehtimoli oshib bormoqda.

Italiyalik mutaxassisning o‘zi ishini davom ettirishini va mavsum yakunlanganidan keyin rahbariyat bilan muzokara o‘tkazishini ta’kidlagan.

Shunga qaramay, “Qirollik klubi” 65 yoshli mutaxassis iste’foga chiqarilgan taqdirda yangi bosh murabbiy kelganicha jamoani kim boshqarishini hal qilib oldi.

Sport.es nashriga ko‘ra, bosh murabbiy iste’fosi yuz bergan taqdirda futbolchilarga klub direktorlaridan hisoblangan Santyago Solari ustozlik qilib turadi.

Bu mutaxassis 2018 yilning kuzida o‘sha davrdagi bosh murabbiy Xulen Lopetegi ishdan olinganidan keyin ham “Real” futbolchilarini vaqtincha boshqargan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!