“Real”ni Germaniya terma jamoasiga aylantirishmoqchi

  • 27 oktabr, 2023, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”da ispaniyaliklardan tashqari Evropa va Janubiy Amerikaning bir qator mamlakatlaridan kelgan futbolchilar to‘p tepadi.

Tecno

Jamoada nemis futboli tarbiyalanuvchilaridan Toni Kroos va Antonio Ryudiger bor. Aynan mana shu ikki o‘yinchi “Real” rahbariyatidan Germaniya terma jamoasi hujumchisi Kay Xavertsni transfer qilishni so‘rayapti. Bu haqda Todofichajes nashri xabar berdi.

Kay Xaverts “Bayer” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bundesligada o‘zini yaxshi to‘purar sifatida namoyish qilganidan keyin “Chelsi” uch yil muqaddam uni 80 million evroga transfer qilgandi. Biroq nemis futbolchisi “aristokratlar” safida uch mavsumda ham kutilgan o‘yinni namoyish qila olmadi.

O‘tgan yoz “Arsenal” katta umidlar bilan Xavertsni “Chelsi”dan 75 million evroga sotib oldi. Lekin Kayning ishlari “to‘pchilar” safida ham yurishayotgani yo‘q.

“Real” hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida Xavertsni mavsum oxirigacha ijaraga olishi kutilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!