
“Real”ga xushxabar. PSJ Mbappening narxini e’lon qildi!
PSJ rahbariyati “Real”ning Kilian Mbappe transferi uchun 160 million evrolik rasmiy taklifini rad etgani xabar qilingan edi.
Parijliklar uzoq muddatli muzokaradan so‘ng, hujumchini jamoada qolishga ko‘ndirolmadi. Endi PSJ asosiy yulduzini sotishga tayyor. Ular Mbappening transfer summasini 200 million evroga baholamoqda.
“Qirollik klubi” avvaliga frantsiyalik hujumchi uchun 120 million evro bermoqchi edi. Biroq, Rafael Varan va Martin Edegorni sotib yuborilishi ortidan bu summani 160 million evroga ko‘targan edi.
Endi javob yurishi madridliklardan. Florentino Peres orzusidagi hujumchi uchun 200 million evrodan voz kechadimi yoki Mbappening kelasi yozda erkin agentga aylanishini kutadimi?
Fikrlar