“Real”ga eng ko‘p gol urayotgan superto‘purar kelyapti

  • 1 may, 2021, 17:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya matbuotining xabar berishicha, “Bavariya” to‘purari Robert Levandovski faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin ekan.

Tecno

“Bavariya” rahbariyati koronavirus pandemiyasi ta’sirida kelib chiqqan byudjet taqchilligini bartaraf etish maqsadida asosiy to‘purarini 60 million evroga qo‘yib yuborishga roziligi aytilmoqda.

Anchadan beri to‘purar hujumchiga ehtiyoj sezayotgan “Real” bundan unumli foydalanib qolmoqchi. Madridliklardan tashqari, yana bir necha klub ham polshalik yulduzni olishga urinib ko‘radi.

Levandovski myunxenliklar safida 2014 yildan beri o‘ynamoqda va uning amaldagi shartnomasi 2023 yilning yarmiga javom etadi. Robert joriy mavsumda Bundesligada 26 ta uchrashuvda 36 ta gol urdi va oltita golli uzatma oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!