
“Real”da katta yo‘qotish
Evropa Chempionlar ligasining umumiy bosqich birinchi turida “Real” o‘z maydonida “Marsel”ni qabul qilib, qiyinchilik bilan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Madridliklar o‘ng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnold uchrashuv boshidayoq jarohat olib, beshinchi daqiqada o‘rnini Dani Karvaxalga bo‘shatib berdi. Karvaxal esa, ikkinchi bo‘limda to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka olib, jamoani qiyin ahvolga solib qo‘ydi.
“Real” klubi angliyalik futbolchi jarohati bo‘yicha rasmiy ma’lumot chiqardi.
- “Qirollik klubi” tibbiyot xizmati tomonidan o‘tkazilgan chuqurlashtirilgan tekshiruvlar natijasida jamoamiz o‘yinchisi Trent Aleksander-Arnold chap oyoq tizzaosti mushaklaridan jarohat olgani tasdiqlandi, - deyiladi klub bayonotida.
Hozircha, tajribali himoyachining to‘liq oyoqqa turishi uchun sakkiz haftaga vaqt ketishi aytildi.
Fikrlar