
“Real”da inqiroz yoqasida
“Qirollik klubi” koronavirus pandemiyasi sababli kelib chiqqan moliyaviy inqirozni to‘xtata olmadi. Aksiga olib klub zarar ko‘rishda davom etmoqda.
Endi “Real” xo‘jayinlari futbolchi va xodimlar maoshini qisqartirish evaziga vaziyatni yumshatishga qaror qildi.
“Real” aprel oyida ham maoshlarni qisqartirgan edi. Lekin bugungi kunga kelib, bu siyosat samara bermagani yuzaga chiqdi. O‘shanda futbolchilar va xodimlar klub taklifini qabul qilgan edi.
Hozir rahbariyati ikkinchi marta maoshlarni qisqartirish bo‘yicha futbolchilar bilan muzokaraga tayyorlanmoqda. Shuningdek, “Real” asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotgan Xames Rodriges va Garet Beyl singari yuqori maosh oluvchi futbolchilarni tezroq sotib yuborish haqida bosh qotirmoqda.
Fikrlar