“Real”da birgina o‘yinchi daxlsizligi kafolatgangan. Bu Mbappe, Bellingem, Vinisius ham emas!

  • 2 dekabr, 2024, 20:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoaning haqiqiy etakchisi qaysi futbolchi ekani ma’lum bo‘ldi.

Italiyalik mutaxassis qimmatbaho yulduzlar – Kilian Mbappe, Jud Bellingem yoki Vinisius Juniorga emas, urugvaylik Federiko Valverdega ko‘proq suyanadi.

Marca nashrining yozishicha, Valverdening Anchelotti uchun ahamiyati katta. 65 yoshli bosh murabbiy Federikoni har qanday pozitsiyada ishonchli o‘yin ko‘rsata olish qobiliyatini juda yuqori baholayli va uning bu xususiyatini qadrlaydi.

Bundan tashqari, universal futbolchi har doim yuqori sport formasida va jamoa ichida katta ta’sir kuchiga ega ekani ham Anchelottining unga bo‘lgan ishonchini oshishiga sabab bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!