
“Real” yulduzi “Barsa”ning eng zo‘r o‘yinchisi kimligini aytdi, eng yomoni esa...
“Real” yarim himoyachisi Federiko Valverde klubning ashaddiy raqibi – “Barselona” o‘yinchilari haqidagi savolga javob berdi.
25 yoshli futbolchidan kataloniyaliklar tarkibidagi eng yaxshi va eng yomon o‘yinchi kimligini so‘rashdi.
- “Barselona”ning eng zo‘r futbolchisi – Ronald Arauxo. U mening hamyurtim, ya’ni urugvaylik hamda mening yaqin do‘stim.
Kataloniyaliklarning eng yomon o‘yinchisi sifatida hech kimni ko‘rsata olmayman. Bunday deb bo‘lmaydi. Ularning har biri o‘z o‘rniga munosib, ko‘p mehnat qilayotgan yigitlar. Ularning barini hurmat qilaman, - dedi Federiko Valverde.
Fikrlar