
“Real” yulduzi Arda Gyulerga yangi jamoa topib berishdi
Yaqinda “Real”ning 20 yoshli hujumkor futbolchisi Arda Gyuler o‘ziga etarli darajada o‘yin amaliyoti berilmayotganidan norozi ekanini bildirgan va yozda boshqa klubga o‘tishi mumkinligi haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.
Turkiya terma jamoasi yarim himoyachimi Hoqon Chalxano‘g‘li hamyurtini o‘zi o‘ynayotgan “Inter”ga taklif qildi.
- Arda Gyuler juda muhim o‘yinchi va men uni juda yaxshi ko‘rishimni hamma biladi. Uning “Real”dagi ahvoli qanday ekanini chuqur bilmayman va uning ishlariga aralashmoqchi ham emasman. Nimalar bo‘layotganini uning o‘zi yaxshiroq biladi.
Men unga ko‘proq o‘ynashni tavsiya qilgan bo‘lardim, chunki u bunga loyiq. Shu bois, men uning “Inter”ga kelishini istayman. Vaziyat aynan shunday echim topishiga umid qilaman, - dedi turkiyalik tajribali futbolchi.
Arda Gyuler “Real”ga 2023 yilning yozida “Fenerbahche”dan olib kelingan. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol va beshta assist qayd etdi.
Fikrlar