"Real" yarim himoya chizig‘i uchun oltita nomzod topib qo‘ydi

  • 17 may, 14:38
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 "Real Madrid" yozgi transfer oynasi oldidan jamoaning yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish ustida faol izlanishlar olib bormoqda. Bu haqda Ispaniyaning Sport.es nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, "qirollik klubi" rahbariyati bir nechta iqtidorli futbolchilarni diqqat markaziga olgan. Ayni paytda ularning transfer ro‘yxatida quyidagi oltita futbolchi mavjud. Birinchi nomzod klub sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos tomonidan tafsiya qilingan "Shtutgard" sardori Anjelo Shtiller, "Milan"ning markaziy yarim himoyachisi Tidjani Reynders, "Kristal Pelas"ning yosh iqtidor egasi Adam Uorton, "Liverpul"ning argentinalik pleymeykeri Aleksis Makallister, "Chelsi"da to‘p surayotgan Entso Fernandes hamda argentinalik yosh yulduz Franko Mastantuono kabi futbolchilar klub vakillari tomonidan kuzatib kelinmoqda.

Avvalroq, "Real" "Manchester Siti"ning asosiy tayanch yarim himoyachisi, "Oltin to‘p" sovrindori Rodri Ernandesni ham ko‘z ostiga olgani haqida ko‘plab xabarlar OAVda tarqalgan edi. 

Ma’lumot uchun, 2024/25-yilgi mavsumdan boshlab madridliklarni ispaniyalik sobiq futbolchi va hozirgi murabbiy Xabi Alonso boshqarishi kutilmoqda. Alonsoning kelishi bilan "Real"da yangi davr boshlanishi kutilmoqda, va aynan shu yo‘lda yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!