
"Real" yana bir transferni e’lon qilishga yaqin!
"Real" klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga "Monako" futbolchisi Orelen Tchuameni "qirollik klubi"ga o‘tishi mumkinligini aytdi.
“Men Tchuameni bilan terma jamoa joylashgan bazada uchrashdim. Umid qilamanki, u yaqin kunlarda "Real"ga o‘tadi. Ayni paytda vaziyat qandayligini bilmayman, lekin men Orelen bilan bu haqida uzoq gaplashdim. Boshqa hech narsa deya olmayman. Keling, yaqin kunlarda nima bo‘lishini birgalikda ko‘ramiz”, - deya Kamavinganing so‘zlarini keltiradi "Marca" nashri.
Oldinroq "Real" Tchuamenini uchun 80+20 million evro taklif qilgani haqida xabar berilgandi.
Fikrlar