
“Real” xo‘jayini Anchelottiga qaysi o‘yinchidan tez qutilish kerakligini aytdi
“Real” prezidenti Florentino Peres klub qishki transferlar davrida ayrim o‘yinchilardan qutilishi kerakligini ta’kidlamoqda.
Uning aytishicha, yanvarda Xesus Valexo o‘ziga yangi jamoa topishi talab etiladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Florentino Peres markaziy himoyachining “Alaves”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdagi o‘yinini tomosha qilgan va undan umuman qoniqmagan.
Mutasaddilar xo‘jayinning talabini bosh murabbiy Karlo Anchelottiga etkazdi. Italiyalik mutaxassis ham Valexo favqulodda holatlardagina maydonga tushirilishini ma’lum qildi.
Valexo “Real”ga 2015 yili “Saragosa”dan 5 million evroga transfer qilingan. Lekin o‘shandan beri asosiy tarkibga kira olmagan. 27 yoshli futbolchi hozirga qadar Germaniya, Angliya, Ispaniyaning turli klublarida ijarada o‘ynab kelgan edi. Uning amaldagi shartnomasi kelasi yoz tugaydi. Shu bois, madridliklar uni yanvarda kirgan narxiga sotib yubormoqchi.
Fikrlar