
“Real” Vinisius o‘rniga superfutbolchi topib qo‘ydi
“Real” rahbariyati Saudiya Arabistoni klublaridan biriga ketish ehtimoli oshib borayotgan Vinisius Junior o‘rniga boshqa futbolchi topib qo‘ydi.
Sport.es saytining ma’lum qilishicha, agar braziliyalik hujumkor futbolchi Madridni tark etadigan bo‘lsa, “Qirollik klubi” uning o‘rniga “Atletik Bilbao” etakchisi Niko Uilyamsni olib keladi.
Ayni paytda “Real” va Vinisius o‘rtasida 2030 yilning yarmigacha davom etadigan yangi shartnoma bo‘yicha muzokara davom etmoqda. Braziliyalik hujumchi klubda eng katta maosh berilishini talab qilyapti.
Klub xo‘jayini Florentino Peres ichki muhit buzilmasligi uchun Vinisiusning talabini qondirmoqchi emas. Shu bois, Vinisius unga o‘ta katta maosh va’da qilayotgan saudiyalik shayxlar taklifini qabul qilishi mumkinligi aytilyapti.
Fikrlar