
"Real" Vinisius Juniorni sotish ehtimolini ko‘rib chiqmoqda
So‘nggi hafta va oylarda Vinisius Juniorning kelajagi futbol olamidagi eng muhokamali mavzulardan biriga aylandi. "Mundo Deportivo" nashrining dushanba kungi xabarida qayd etilishicha, "Real Madrid" jamoasi braziliyalik yulduzni sotish ehtimolini istisno qilmayapti, agar jiddiy taklif kelib tushsa.
Manbaga ko‘ra, Vinisiusning kelajagiga oid qarorlar yaqin haftalarda hal etilishi mumkin. Shu bilan birga, "Real" rahbariyati uning maoshini Kilian Mbappe darajasiga – yiliga 23 million evroga ko‘tarishni istamayapti.
Klub ichida Vinisiusning o‘yin sifati so‘nggi paytlarda pasaygani ham ta’kidlanmoqda. Shuningdek, Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 170 million evro deb baholagan. Hozirda Juniorga faqatgina Saudiya klublaridan jiddiy taklif tushmoqda.
Fikrlar