
"Real" va "Borussiya D" yozda super hujumchilar rokirovkasini amalga oshirishi mumkin
Madridning "Real" klubi mavsumlar oralig‘ida "Borussiya" Dortmund bilan yirik transferni amalga oshirishi mumkin.
Marca nashrining yozishicha, “qirollik klubi” dortmundliklarning norvegiyalik forvardi Erling Xolandni o‘z safida ko‘rmoqchi va uning transferiga serbiyalik hujumchisi Luka Yovichni qo‘shib berishga ham tayyor. Aytish kerakki, Yovich “Ayntraxt” safida Bundesligada yorqin o‘yinlar ko‘rsatgan va shuning natijasida “Real”ga ko‘chib o‘tgan edi. Ammo, uning Madridda ishlari yurishmadi. Shu bois u yana o‘zi uchun qadrdon bo‘lgan ligaga qaytishi mumkin.
Xolandning ayni damdagi transfer narxi 80 mln evroga baholanmoqda. Yovichniki esa 40 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar