
"Real TV" "Selta"ga qarshi uchrashuv oldidan yana hakamlarni tanqid qildi
"Real TV" telekanali "Selta"ga qarshi o‘yinga tayinlangan hakamlarni tanqid qildi.
Madridliklar La Liga 34-turi doirasida yakshanba kuni vigoliklarni o‘z maydonida qabul qiladi. Bellashuvga Xesus Xil Mansano bosh hakam etib tayinlandi. Fransisko Ernandes Maeso esa VARda ishlaydi.
Klub telekanali Mansanoning 2024 yilda Jud Bellingem "Valensiya" darvozasiga urgan goli inobatga olinmaganini eslab o‘tdi. Bundan tashqari, yana bir qator u boshqargan uchrashuvlarga "Real"ga omadsizlik keltirgan.
"Bu so‘nggi yirik hakamlik mojarosining markazida turgan hakam Xesus Xil Mansano. Endi u "Real" - "Selta" uchrashuvini boshqaradi", - dedi "Real TV" boshlovchisi.
Fikrlar