“Real”: Shu ikki yulduzni olmasak bo‘lmaydi!

  • 16 oktabr, 2021, 16:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres muxlislarni ikkita yulduzni xarid qilish orqali xursand qilmoqchi.

Tecno

Klub rahbariyati yozda birinchi galda Kilian Mbappe transferi bo‘yicha ishlaydi. Frantsiyalik hujumchi PSJdan ketishga qaror qilgan. Uni olmoqchi bo‘lgan jamoalar futbolchining o‘zi bilan kelishib olishi talab etaladi.  Mbappening o‘zi “Real”da o‘ynashga moyilligi madridliklarning imkoniyatini oshirib yuboradi.

“Real” yana frantsiyalik futbolchi – Pol Pogbani ham erkin agent sifatida safiga qo‘shib olishi mumkin. “Manchester Yunayted” rahbariyati o‘z yulduzini hali yangi bitimga ko‘ndira olgani yo‘q. Yarim himoyachi ham anchadan beri “Qirollik klubi” uchun to‘p tepishni orzu qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!