
"Real" rahbariyati Asensio masalasida yakuniy qarorga keldi
“Real”ning hujumkor yarim himoyachi Marko Asensio Madrid klubida qolishi mumkin. El Debate nashri xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" rahbariyati 27 yoshli ispaniyalik futbolchiga maoshi oshirilgan holda to‘rt yillik yangi shartnoma taklif qilishga tayyor.
Manbaning qayd etishicha, «qaymoqranglilar» Asensioning maoshini yiliga 4,5 dan 4,8 million evroga oshiradi. O‘z navbatida futbolchining agenti Xorxe Mendes 5,5 million evro talab qilmoqda, biroq “Real” futbolchi vakilining shartlariga rozi bo‘lmayapti.
Eslatib o‘tamiz, Asensioning "Real" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi. Uning transfer narxi 25 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar