
"Real" qishda ham Pogbani sotib olishga urunib ko‘rmoqchi
Madridning “Real” klubi yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogbani sotib olishga yana bir bor urunib ko‘radi.
Ispan nashrlarining yozishicha “qirollik klubi” 26 yoshli frantsiyalik futbolchi uchun 150 mln evro taklif qilishmoqchi. Aytish kerakki, bunga yana 25 mln evro bonus qo‘shib berilishi ham mumkni.
O‘z navbatida “Real” rahbariyati bu safargi urunish muvaffaqiyatli kechishiga ishonishmoqda. Chunki, Pogbaning o‘zi ham madridliklar safiga o‘tishni xohlamoqda, bundan tashqari uning “qizil iblislar” bilan amaldagi shartnomasi ham 2021 yilda o‘z nihoyasiga etadi va u kelishuvni uzaytirishni istamayapti.
Ma’lumot uchun, Pogba joriy mavsumni asosan jarohatdan davolanish bilan o‘tkazdi va bor yo‘g‘i 6 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning transfer narxi esa 100 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar