“Real” orzusidagi futbolchi uchun bir yulduzini “qurbon” qiladi

  • 21 aprel, 06:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” kelasi mavsumda yana yuqori nufuzli sovrinlarga da’vogarlik qilish uchun tarkibida jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshiradigan bo‘ldi.

Tecno

Xususan, “Qirollik klubi”i xo‘jayinlari “Liverpul” etakchilaridan Aleksis MakAllisterni Madridga ko‘chirib kelmoqchi.

Fichajes nashrining yozishicha, madridliklar tajribali o‘yinchini qo‘lga kiritish maqsadida uning transferiga “Liverpul” qiziqish bildirayotgan Arda Gyulerni ham qo‘shib berishga tayyor.

20 yoshli turk futbolchisi joriy mavsum Karlo Anchelotti qo‘l ostida etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotganidan norozi va yozda jamoasini o‘zgartirishni rejalashtirgan.

26 yoshli MakAllister ayni paytda 90 million evroga baholanmoqda. Gyulerning transfer summasi esa, 45 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!