
"Real" murabbiylari Modrichni terma jamoaga qo‘yib yuborishni xohlashmayapti
“Real” Madrid klubi murabbiylar shtabi yarim himoyachi Luka Modrichni oktyabr oyidagi Evro-2020 saralash bahlarida Xorvatiya terma jamoasida o‘ynamasligini xohlamoqda.
Marca nashrining xabar berishicha ular 34 yoshli futbolchining yana terma jamoa safida jarohat olishidan xavfsirashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Modrich mushaklaridan olgan jarohati sabab 2 hafta maydonga tusha olmadi. Bu esa “Real”ning yarim himoyasida jiddiy muammolarga sabab bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Xorvatiya terma jamoasi oktyabr oyida Vengriya va Uels terma jamoalariga qarshi o‘ynaydi.
Fikrlar