“Real” menga yo‘q demaydi. Xabi Alonso madridliklar yulduzi olib ketmoqchi

  • 18 dekabr, 2024, 10:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bayer”ni Germaniya chempionatiga aylantirgan Xabi Alonso yaqin kelajakda “Real”ni boshqarishi kutilmoqda.

Tecno

Hozir esa, ispaniyalik murabbiy “Bayer”ning o‘yinini kuchaytirish borasida bosh qotirmoqda. TodoFichajes nashrining yozishicha, Xabi Alonso o‘z jamoasiga “Real”da etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan Arda Gyulerni olib kelmoqchi.

Turk futbolchisining o‘zi ham ko‘proq o‘ynash uchun ijara asosida “Bayer”ga o‘tishga moyillik bildirmoqda.

Biroq so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Real” 19 yoshli hujumkor futbolchini qo‘yib yubormasligi mumkin. Chunki bosh murabbiy Karlo Anchelotti iste’dodli o‘yinchini tarkibda saqlab qolib, undan rotatsiyada foydalanishni rejalashtirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!