
“Real” Mbappedan ham, Xolanddan ham voz kechdi
“Real” rahbariyati zamonamizning eng zo‘r ikki hujumchisi – Kilian Mbappe va Erling Xolandni transferlarning asosiy nishoniga aylantirmaydigan bo‘ldi.
Manbalarning ta’kidlashicha, “Qirollik klubi” jamoani bu hujumchilar atrofiga qurish g‘oyasidan voz kechgan.
Shunga qaramay, madridliklar har ikki to‘purar atrofidagi vaziyatni kuzatishda davom etadi. Imkon bo‘lishi bilan Mbappe va Xoland transferi amalga oshirilishi mumkin. Biroq bu o‘yinchilar endi asosiy nishon hisoblanmaydi.
“Real”ni asosiy to‘purar Karim Benzema tark etganidan keyin bu mas’uliyatni yangi o‘yinchi Jud Bellingem o‘z zimmasiga oldi.
Yozda 103 million evroga transfer qilingan 20 yoshli angliyalik futbolchi madridliklar safida uzluksiz gol urmoqda. Jud La Liganing dastlabki to‘rtta uchrashuvida o‘z hisobiga beshta gol yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar