"Real Madrid" hujumchisiga naqd 5 ta klub qiziqish bildirmoqda

  • 13 dekabr, 00:11
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" hujumchisi Gonsalo Garsiya joriy mavsumda ko‘p o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani bois, qishki transferlar oynasida jamoani tark etishi mumkin.

Tecno

"Transfer News Live" manbasiga ko‘ra, Garsiyaga beshta klub qiziqish bildirgan: "Aston Villa", "Lids", "Brayton", "Vulverxempton" va "Ayntraxt". Transfermarkt portalining mutaxassislari futbolchini 15 million evroga baholashgan.

Joriy 2025/2026 mavsumda Garsiya "Real"ning 14 ta o‘yinida ishtirok etdi, ammo gol urmadi. Shu bilan birga, yozda bo‘lib o‘tgan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida u 6 ta o‘yinda 4 ta gol urgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!