
"Real Madrid" hujumchisi yana jarohat oldi
"The Athletic" nashrining xabariga ko‘ra, "Real Madrid" hujumchisi Endrikning jarohati yana qaytalagan va safdan chiqqan.
Xabaringiz bor, braziliyalik yosh futbolchi o‘tgan mavsumning may oyida jarohat olib, safdan chiqqan edi. Jarohatdan forig‘ bo‘lib esa Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatigacha tiklanib olishga ulgurdi. Biroq, manbaning ta’kidlashicha, futbolchining eski jarohati yana qaytalagan. Uning qachon safga qaytishi noma’lum bo‘lsa-da, bir necha haftani o‘tkazib yuborishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Endrik "qirollik klubi" safida umumiy 37 ta uchrashuvida ishtirok etib, 7 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning Transfermarkt portalidagi narxi 35 million evroni tashkil etmoqda.
Fikrlar