
“Real” ikki yulduz uchun bittasidan voz kechyapti
“Real” jamoaning etakchi himoyachisi Rafael Varanni sotib yuborish orqali ikkita futbolchini tarkibdan joy olishini ta’minlamoqchi.
Frantsiyalik himoyachining transfer summasi 50-70 million evro atrofida baholanmoqda. Varan PSJning taklifiga rad javobini berdi. U yozda katta ehtimol bilan o‘ziga anchadan beri xaridor bo‘lib kelayotgan “Manchester Yunayted”ga o‘tadi.
“Qirollik klubi” uning transferidan keladigan mablag‘ni birinchi navbatda David Alabani olib kelishga sarflaydi. Alaba “Bavariya”ni tark etmoqda va Madridga erkin agent sifatida tashrif buyuradi. Tomonlar shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgani aytilmoqda.
Varan transferidan keladigan summaning bir qismi yangi shartnoma kutayotgan Serxio Ramosning maoshiga ajratiladi.
Shu tariqa, “Real” bir futbolchi evaziga ikkita mahoratli himoyachiga ega bo‘ladi va shu orqali Varanning o‘rnini Alaba egallaydi.
Fikrlar