"Real" hujumchisi qancha muddatga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi

  • 11 may, 2020, 10:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubi forvardi Luka Yovich jarohat olgani haqida avval xabar berib o‘tgan edik.

Tecno

Onda Cero nashrining yozishicha, 22 yoshli serbiyalik futbolchi 3 oyga safdan chiqqan. Endi uning uchun joriy mavsum yakuniga etdi desa ham bo‘ladi.

Eslatib o‘tish lozimki, Yovich karantin davrida uy sharoitida shug‘ullanayotgan paytida oyog‘ini sindirib olgan edi.

“Real” Yovichni 2019 yilning yozida “Ayntraxt”dan 60 mln evro evaziga sotib olgan edi. U joriy mavsum 24 ta o‘yinda ishtirok etdi va 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2025 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!