"Real" himoyachisida koronavirus aniqlandi

  • 26 yanvar, 2021, 11:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" himoyachisi Nacho Fernandesning COVID-19ga topshirgan test natijalari musbat chiqdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Bundan avvalroq, Nacho koronavirusga chalingan inson bilan aloqada bo‘lgani uchun karantinga olingani ma’lum qilingan edi.

Nacho joriy mavsum “Real” safida 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Zinedin Zidan boshchiligidagi “Qirollik klubi” 19 turdan so‘ng, 40 ochko to‘plagan holda 2-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!