“Real” futbolchisi o‘ziga jamoa tanladi

  • 23 yanvar, 2021, 11:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”dagi ahvolidan norozi bo‘lib, o‘zini ijaraga berishni talab qilgan Martin Edegor “Arsenal”ga ko‘chib o‘tadigan bo‘ldi.

Tecno

Aslida bu futbolchi hech qachon “Real”ning asosiy tarkibiga da’vogar bo‘lmagan. Yozda klub yangi o‘yinchi sotib olmagani uchun Zinedin Zidan ijarada yurgan bir necha futbolchini ortga qaytarishga qaror qilgan edi. Ular qatorida norvegiyalik yarim himoyachi ham Madridga qaytdi. Lekin u asosiy tarkibga kira olmadi.

Shu bois, “Qirollik klubi” 22 yoshli futbolchini sotib olish huquqisiz qisqa muddatli ijaraga yuborishga rozi bo‘ldi. Natijada Martin Edegor Mikel Arteta bilan suhbatlashganidan keyin “Arsenal” variantini tanladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!