
“Real” futbolchini kelgan joyiga qaytarib yuboradi
“Qirollik klubi”da o‘z o‘rnini topa olmagan hujumchi Luka Yovich faoliyatini ijara asosida Bundesligada davom ettiradigan bo‘ldi.
Serbiyalik hujumchi ilgari o‘zi o‘ynagan “Ayntraxt” klubiga qaytib boradi. Buni Bundesliga klubi ham tasdiqladi. Yovich eski jamoasi tarkibida mavsum oxirigacha to‘p tepadi.
Avvalroq, madridliklar bu hujumchini “Manchester Yunayted”ga taklif qilgan edi. Biroq, Sulsher bu transferga ko‘nmadi.
Yovich 2019 yili “Real”ga “Ayntraxt”dan 63 million evro evaziga olib kelgan edi. Joriy mavsumda u La Ligada to‘rtta o‘yin o‘tkazib, hech qanday natija ko‘rsata olmadi.
Fikrlar