
"Real" durang o‘ynagan o‘yinda Vini La Liga rekordini o‘rnatdi
Ispaniya chempionatining 19-turidan o‘rin olgan so‘nggi o‘yinda "Real Madrid" San-Sebastyanning "Real Sosedad" klubiini qabul qildi.
Har qancha urinishmasin, Karlo Anchelotti shogirdlari g‘alaba qozona olishmadi. Uchrashuv nursiz durang bilan yakunlandi va hozirda "Real" La Liga turnir jadvalida peshqadam "Barselona"dan 5 ochko ortda qolgan holda 2-o‘rinda bormoqda.
"Qirollik klubi" vingeri Vinisius Junior mazkur bahsda 21 marta dribling amalga oshirdi va shundan 9 tasi muvaffaqiyatli amalga oshdi.
Ma’lumot uchun, mazkur natija 2005/06 yilgi mavsumdan buyon Ispaniya chempionatining rekordi hisoblanadi.
Fikrlar