
“Real” darvozaboniga superklub xaridor
“Real” Ispaniya chempionati va Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan mavsumda jamoaning asosiy darvozaboni darajasiga ko‘tarilgan Andrey Lunin boshqa jamoaga o‘tmoqchi.
Bosh murabbiy Karlo Anchelotti tajribali darvozabon Tibo Kurtua jarohatidan qutilib, yana safga qaytganidan keyin uni birinchi raqamli posbon sifatida e’tirof etdi.
Lunin endi “Real” zaxirasida o‘tirishni istamayapti va o‘ziga yangi ish topmoqchi.
Ukrainalik golkiperga xaridorlar etarli. Ular qatoriga “Liverpul” ham qo‘shildi. Liverpulliklarning braziliyalik darvozaboni Alison Beker Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tish harakatida.
“Liverpul” rahbariyati bu pozitsiyaga Andrey Lunin yoki “Valensiya” darvozaboni Georgiy Mamardashvilini olib kelmoqchi.
Luninning madridliklar bilan shartnomasi yana bir yildan keyin yakunlanadi. O‘tgan mavsum 32 ta uchrashuvdan 12 tasida gol o‘tkazmagan darvozabon Transfermarkt portali tomonidan 25 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar