“Real”: Bu yulduzning ketishiga yo‘l qo‘ymaymiz!

  • 5 aprel, 11:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Real” rahbariyati odatda yoshi 30 dan o‘tgan futbolchilarga yangi shartnoma bermaydi. Faqat eng zo‘rlariga bir yillik bitim taklif qilishi mumkin. Buni Luka Modrich misolida ko‘rishimiz mumkin.

Biroq madridliklar himoya chizig‘i etakchisi Antonio Ryudiger masalasida klub xo‘jayinlari boshqacha qarorga keldi.

32 yoshli nemis futbolchining klub bilan hamkorligi 2026 yilning yozigacha davom etishi belgilangan. “Qirollik klubi” bu muddatni yana ikki mavsumga uzaytirib, Ryudigerni 2028 yilning yarmigacha Madridda olib qolmoqchi.

Taniqli jurnalist Florian Plettenberg bergan ma’lumotga ko‘ra, Antonio Ryudiger bu taklifdan keyin Saudiya Arabistoniga ketish fikridan qaytishi mumkin.

Tajribali himoyachi “Real”ga 2022 yili yozda kelgan. Shundan beri barcha turnirlarda 145 ta uchrashuvda ishtirok etib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari ettita gol va ikkita assist muallifi bo‘ldi. Ryudiger “Real” bilan Ispaniya chempionati va Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!