"Real" bu yarim himoyachini hammadan tortib olmoqchi

  • 8 iyun, 16:26
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ilgari "Arsenal" "Real Sosedad" yarim himoyachisi Martin Zubimendining transferini kelishib olgani va futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tishga tayyorlanayotgani haqida xabar berilgandi. 
 
AS nashrining ma’lumotiga ko‘ra, "Real" yangi bosh murabbiy Xabi Alonsoning istagi bilan Zubimendini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi. Madridliklar klublar o‘rtasidagi yaxshi munosabatlar tufayli "Sosedad" bilan muzokaralar muvaffaqiyatli bo‘lishiga umid qilmoqda. 
 
Ta’kidlanishicha, Martin La Ligada qolishni ma’qul ko‘radi, uni "qirollik klubi"da o‘ynash g‘oyasi o‘ziga jalb etmoqda. Shu bilan birga, yarim himoyachi hali shartnoma imzolanmagan "Arsenal"ga o‘tishni kechiktirishga tayyor. 
 
"Real" Zubimendining 60 million evroga teng bo‘lishi kutilayotgan transfer summasini "Kastilya" futbolchilaridan birini bepul ijaraga berish orqali kamaytirishni rejalashtirmoqda. Bunda asosiy jamoa o‘yinchilarini ham bitimga qo‘shish ehtimoli istisno etilmaydi. Havbekka birinchi mavsum uchun 6-7 million evro to‘lashga tayyor ekani aytilmoqda, "Kanonirlar" esa soliqlar to‘langandan so‘ng yiliga taxminan 10 million evro taklif qilmoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!