
“Real” bu ishni hech qachon uddalay olmagan
UEFA Chempionlar ligasining yarim final birinchi uchrashuvida “Real” o‘z maydonida “Chelsi”ni qabul qilib, keskin va murosasiz o‘tgan bahsda 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Londonliklar vakili Kristian Pulishich urgan golga, madridliklar etakchisi Karim Benzema bir bor javob qaytardi.
Shu tariqa, “Real” o‘zining noxush an’anasiga barham bera olmadi. “Qirollik klubi” tarixda hech qachon rasmiy uchrashuvlarda “Chelsi”ni enga olmagan ekan. Chempionlar ligasidan tashqari madridliklar “Chelsi” bilan 1971 yilda Kubok egalari kubogida to‘qnashib, bir durang va bir mag‘lubiyat qayd etgan.
Shuningdek, 1998 yili Evropa Superkubogida “Chelsi” raqibni 1:0 hisobida er tishlatgan.
Endi bu galgi yarim finalning javob uchrashuvi 5 may kuni “Stemford Bridj” stadionida o‘tkaziladi.
Fikrlar