“Real”: Bu hujumchi yosh va arzon, lekin ko‘p gol uradi

  • 6 oktabr, 2023, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” skautlari klub rahbariyatiga Niderlandiya chempionatida o‘ynayotgan Santyago Ximenesni olishni tavsiya qilmoqda.

Tecno

22 yoshli meksikalik forvard “Feyenoord” tarkibida mavsumni juda zo‘r boshladi.  U ettita uchrashuvda raqiblar darvozasini o‘n marta ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga bir juft golli pas uzatdi.

Ximenesning Niderlandiya chempionatidagi golli seriyasi oltita o‘yindan beri davom etib kelmoqda.

Manbalarning ma’lum qilishicha, “Qirollik klubi” iste’dodli futbolchini yanvarda ijaraga olib, mavsum oxirida to‘liq transfer qilmoqchi. Garchi Ximenes 25 million evroga baholanayotgan bo‘lsa-da, madridliklar bu ishni ikki baravar qimmatiga hal qilishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!