
“Real” Benzema o‘rniga Braziliya terma jamoasi yulduzini oladi
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Risharlison jahon chempionatining birinchi uchrashuvida ikkita supergol urib, qator skautlarni o‘ziga qaratdi.
Yozda “Everton”dan “Tottenxem”ga ko‘chib o‘tgan hujumchining Antonio Konte qo‘l ostida ishlari yurishmayapti. U o‘nta uchrashuvda maydonga tushib, hali gollar hisobini ochgani yo‘q.
Bu vaziyatdan “Real” foydalanib qolmoqchi. Madridliklar 25 yoshli futbolchi “Real”ning keyingi paytdagi eng zo‘r to‘purari Karim Benzemaga munosib o‘rinbosar bo‘lishiga ishonmoqda.
“Tottenxem” yozda bu futbolchi uchun 58 million evro sarflagan edi. Biroq, londonliklar 100 million evrolik taklif bo‘lsa, braziliyalik yulduz bilan xayrlashishga tayyor. Buyog‘i endi “Real” rahbariyatining qatoriga bog‘liq bo‘ladi.
Fikrlar