
"Real" Asensio bilan shartnomani uzaytiradi
Madridning "Real" klubi himoyachisi Raul Asensio "qaymoqranglilar" bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi.
Insayder Fabritsio Romanoning ta’kidlashicha, ispaniyalik futbolchi terma jamoadan qaytgach, "qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasini 2029 yilga qadar uzaytiradi. Shuningdek, uning jamoadagi oylik maoshi ham sezilarli darajada oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli himoyachi "Los Blankoslikar" safida 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan. Uning hozirda narxi 30 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar