
"Real" Anchelottining ishidan ikki jihatda norozi bo‘ldi
Braziliya terma jamoasi kecha rasman Karlo Anchelottini o‘zining yangi bosh murabbiyi sifatida e’lon qildi. Bu esa "Real"dagi davri yakunlanayotganini anglatadi.
"The Athletic" nashrining xabar berishicha, Madrid klubidagi ba’zi futbolchilar va xodimlar Anchelottining mashg‘ulotlarda taktik tayyorgarlikka etarlicha e’tibor bermasligidan norozi bo‘lishgan. Ularning fikricha, bu kamchilik jamoaning ba’zi o‘yinlarida ochiq-oydin sezilgan.
Ikkinchi tanqid esa yosh futbolchilarga nisbatan bo‘lgan. Xususan, "Real"ning bosh skauti Xuan Kalafat boshchiligidagi mutaxassislar Anchelottini Arda Gyuler va Endrik kabi yosh iqtidorlarga etarlicha imkoniyat bermayotgani uchun tanqid qilishgan.
Ma’lumot uchun, Anchelotti yozda klubni tark etadi va uning o‘rnini katta ehtimol bilan Xabi Alonso egallaydi.
Fikrlar