“Real”, yulduzingni jo‘nat, 85 million evro beramiz!

  • 26 fevral, 22:28
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” Angliya Premer-ligasi chempionligiga erishish uchun tarkibini yanada kuchaytirish yo‘lidan boradigan bo‘ldi. 

Tecno

“Kanonirlar” anchadan beri jamoaning hujumkorligini oshiradigan o‘yinchi qidiryapti. Todofichajes nashrining ma’lum qilishicha, London klubi nishoniga “Real” yulduzi tushdi. 

Gap 24 yoshli universal hujumchi Rodrigo Goes haqida ketmoqda. Mikel Arteta braziliyalik futbolchi jamoani kuchaytira olishiga ishonyapti. 

Klub mutasaddilari imkon topilsa, bu transferni yozda amalga oshirmoqchi. Angliyaliklar Rodrigo uchun Madrid superklubiga 85 million evro to‘lashga tayyor. 
Rodrigo joriy mavsum barcha turnirlarda 35 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol va to‘qqizta assist muallifi bo‘ldi. Uning “Real” bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilning yarmigacha davom etishi belgilangan. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!