
Ravshanbek Shermatov navbatdagi reyting jangini o‘tkazadi
Yana bir professional bokschimiz Ravshanbek Shermatov ham 25 avgust kuni Vetnamning Xo Shi Min shahridagi jang kechasida ringa ko‘tariladi. Uning raqibi xitoylik Bingcheng Zu bo‘ladi. Chin yurti vakili profi ringda 11 ta jang o‘tkazib, ularning ettitasida g‘alaba qozongan. To‘rt bora esa mag‘lubiyat qayd etgan. Yurtdoshimiz esa, to‘rt bora jang qilib, ularning uchtasida g‘alabaga erishgan. Bir marotaba mag‘lubiyatga uchragan. Mazkur qarama-qarshilik reyting maqomidagi jang hisoblanadi.
Fikrlar