Ravshan Xodjaev: "Saidjamshid havaskor boksda ham faoliyatini davom ettiradi"

  • 17 sentabr, 2023, 14:38
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, iste’dodli bokschimiz Saidjamshid Jafarov yaqin kunlarda professional faoliyatini boshlash arafasida, u kuni kecha Rossiyaning Premier Boxing Academy promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. Biz ushbu shartnoma borasida batafsil ma’lumotga ega bo‘lish uchun murabbiylaridan biri Ravshan Xodjaev bilan bog‘landik.

Tecno

- Ha, Saidjamshid ham murabbiyi Xamza Avezov bilan mslahatlashgan holda, Premier Boxing Academy va RCC bilan 3 yillik  shartnoma imzoladi. Albatta, havaskor boksda ham faoliyatini davom ettiradi. U birinchi o‘rta vazn (69,85 kg) toifasida harakat qilishi ko‘zda tutilmoqda. Birinchi jangini 11 noyabr yoki 2 dekabrda o‘tkazadi. O‘ylaymizki, Saidjamshid professional boksda ham o‘z so‘zini aytadi.

jjj_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!