Ravshan Haydarov: "Milliy jamoaga futbolchilarni etkazib berish oldimizdagi asosiy vazifalardan biri"

  • 2 sentabr, 15:09
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2026 yilgi U23 Osiyo kubogi saralash bosqich "E" guruhi uchrashuvlari oldidan jamolalar bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

Tecno

Unda Ravshan Haydarov ham qatnashdi.

"Avvalo, saralash bosqichi ishtirokchilarini samimiy qutlayman. Ushbu turnir yuqori darajada tashkil etilishiga ishonaman. Umid qilamanki, o‘yinlar tomoshabop o‘tadi, g‘alaba esa eng kuchli jamoaga nasib etadi.

Shuningdek, Qirg‘iz Respublikasi futbol ittifoqiga yuqori darajadagi tashkilotchilik uchun minnatdorlik bildiraman. 

Jamoamiz turnirga belgilangan reja asosida puxta tayyorgarlik ko‘rdi va musobaqaga jangovar hamda jismoniy jihatdan yaxshi holatda etib keldi.

Tarkib haqida

— Yoshlar terma jamoalaridagi davr futbolchilarimiz uchun milliy jamoaga o‘tish bosqichi hisoblanadi. Bir qator futbolchilar allaqachon asosiy terma jamoa safida maydonga tushmoqda. Biz ularni yana U-23 jamoasiga jalb etmaslikka harakat qilamiz va buni to‘g‘ri yondashuv emas, deb hisoblayman. Chunki milliy jamoaga futbolchilarni etkazib berish oldimizdagi asosiy vazifalardan biri.

Shu bois biz yangiliklar yaratishga intilyapmiz. Yosh futbolchilar asta-sekin milliy terma jamoaga o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda. Masalan, ilgari yoshlar safida o‘ynagan Abduqodir Husanov va Abbosbek Fayzullaev bugun milliy terma jamoada o‘z o‘rniga ega. Bizning asosiy maqsadimiz ham shunday, iste’dodli yosh futbolchilarga imkoniyat yaratib berishdir", - dedi termamiz ustozi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!