"Ravshan" - "Andijon" uchrashuvida g‘olib aniqlanmadi

  • 16 iyul, 2023, 23:08
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun oldindan rejalashtirilganidek, “Ravshan” hamda “Andijon” jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Kutilganidek, ikki jamoa ishtirokidagi qarama-qarshilik hujumkor ruhda o‘tdi va shunga yarasha darvozalar oldida xavfli vaziyatlar ham yaratildi. Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. Tanaffusdan keyin ikkala jamoa ham bittadan gol urdi.

Avvaliga “Andijon” a’zosi Ibrohim G‘anixonov o‘z qanotidan hujumga o‘tdi va raqiblarini oxirigacha ta’qib qilishi evaziga darvozabonni xato qilishga majbur qila oldi. Natijada G‘anixonov uchrashuvda hisobni ochdi. Aytish mumkinki, Ibrohim o‘zining norasmiy debyut o‘yinida debyut golini urdi.

Uchrashuv oxirlarida esa “Ravshan” tarkibida zaxiradan maydonga tushgan hujumchi Tohir Malodo‘stov hisobni tenglashtirdi.

Shunday qilib, “Andijon”ning Tohir Mo‘minov boshqaruvidagi jamoaga qarshi uchrashuvida 1:1 hisobi qayd etildi. Jamoamiz navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinini 20 iyul kuni “Xo‘jand”ga qarshi o‘tkazadi.

“Ravshan” – “Andijon” – 1:1 (0:0).

16 iyul. Guliston. “Natsbank” maydoni.

Hakamlar: Xurshed Dadaboev, Munirxon Ashurov, Nasim Mansurov.

“Ravshan”: Qurbonali Boboev, Xolmurod Nazarov, Samuel Ofori, Rahmatsho Raxmatzoda, Baxtovari Xurshed, Muxammadjon Naskov, Aydan Okran, Maabaox Emmanuel, Amirjon Safarov, Mvanengo Emmanuel, Masrur Qiyomiddinov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Akomadi Jozep, Akobir To‘raev, Amirjon Farruhzoda, Komiljon Hotamov, Tohir Malodo‘stov, Shaxriyori Inoyatullo.

“Andijon”: Eldor Adhamov, Islom Mamatkazin, Ildar Mamatkazin, Abdurahmon Komilov, Abduvohid G‘ulomov, Farhod Bekmurotov, Levan Arveladze, Ilhom Abdug‘aniev, Sardor Abdunabiev, Abbos Ergashboev, Rubin Xebay.

Zaxiradan maydonga tushlganlar: Igor Litovka, Dilshod Komilov, Vladimir Bubanya, Suhrob Berdiev, Muhammadkarim Toirov, Saidumar Sodiqov, Sardor Karimov, Ibrohim G‘anixonov, Mehmet Ilhan.

Gollar: Ibrohim G‘anixonov, 75 – 0:1. Tohir Malodustov, 85 - 1:1.

Ogohlantirishlar: Maabaox Emmanuel, 75 – Farhod Bekmurotov, 23.

“Andijon” matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!