Rasman! Xavi "Tottenxem" futbolchisi

  • 29 avgust, 21:07
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rasman Xavi Simonsni "Tottenxem" "Leyptsig"dan sotib oldi. Bu haqida "shporlar" rasmiy sahifasi orqali ma’lum qilmoqda. 

Tecno

Niderlandiyalik hujumkor yarim himoyachining transferi uchun London klubi 60 million evro sarfladi. Futbolchining o‘zi bilan esa 5 yillik shartnoma imzolandi. Ushbu bitimni yana 2 yilga uzaytirish bandi ham bor. 

Xavini "Chelsi" ham o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilayotgandi, lekin "Tottenxem" kurashda yutib chiqdi. Xavbek yangi jamoasida 7-raqam ostida harakat qiladi. 

ImageImage

Ma’lumot uchun, Simons "Leyptsig"da dastlab ijara asosida harakat qildi. O‘tgan yili yozda nemislar uni PSJdan 50 million evroga sotib olgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!