Rasman. WBO Aleksandr Usikning keyingi jangini e’lon qildi

  • 12 aprel, 20:36
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Ukrainalik uchta asosiy yo‘nalish chempioni Aleksandr Usik IBF kamari sohibi britaniyalik Daniel Dyubuaga qarshi yana mutlaq jahon chempionligi uchun ringga ko‘tariladi. Xalqaro boks tashkiloti (WBO) prezidenti Gustavo Oliveri bu ma’lumotni rasman tasdiqladi. 

"Bizning tashkilotga Usik va Dyubua o‘rtasidagi birlashtiruvchi chempionlik jangi yuzasidan so‘rovnoma kelib tushdi. Biz bu jang o‘tkazilishini qanoatlantiramiz. Qolaversa, Jozef Parker maqomini ham ko‘rib chiqamiz" — deya Oliverining so‘zlarini keltirmoqda "Sky Sports" portali.

Eslatib o‘tamiz, Usik so‘nggi jangini o‘tgan yilning 22 dekabr kuni Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni) shahrida britaniyalik Tayson Fyuriga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongandi. Dyubua 22 fevral kuni Jozef Parkerdan kamarini himoya qilishi kerak edi. Ammo jangga ikki kun qolganida Parker betob bo‘lib qolgan va uning o‘rnini qisqa fursatda afrikalik Martin Bakole egallagandi. 

O‘zbekiston boks federatsiyasidan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!