
Rasman! Vegxorst Bundesliga klubiga o‘tdi
Rasman Vut Vegxorst ijara asosida "Xofenxeym" klubiga o‘tdi. Bu haqda Germaniya klubi rasmiy sahifasi orqali ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, niderlandiyalik hujumchi Bundesligada oldin ham to‘p tepgan. U 2018-2022 yillar oralig‘ida "Volfsburg" safida o‘ynagan.
Vutning transfer huquqi hali ham "Byornli"ga tegishli. Futbolchi Angliya klubiga o‘tganidan beri 3 ta jamoada ijarada o‘ynadi.
Fikrlar