
Rasman! Umtiti endilikda erkin agent
"Barselona" hamda Samyuel Umtiti o‘zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qildi. Bu haqda "ko‘k-anorranglilar" o‘z rasmiy sahifalarida xabar berdi.
Endilikda, futbolchi erkin agent hisoblanadi. U 2016 yilda "Lion"dan "Barsa" safiga kelib qo‘shilgandi. Futbolchi "Barsa" safida jami 90 ta bellashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.
U o‘tgan mavsumni "Lechche" klubi safida ijara asosida o‘tkazgandi.
Fikrlar