Rasman! Umid Ergashev "Navbahor" futbolchisi

  • 27 dekabr, 2024, 16:35
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Navbahor" tarkibni kuchaytirishda davom etadi. Klub biroz avval "Nasaf" bilan xayrlashgan darvozabonni o‘z safiga qo‘shib oldi. 

Yakunlangan mavsumda “ajdarlar” tarkibida O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan Umidjon Ergashev "Navbahor" bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida klub rasmiy sahifasi orqali ma’lum qilmoqda. 

Ergashev "Nasaf" tarkibida 70 ta o‘yinda maydonga tushgan. U faoliyatini O‘zbekistonning boshqa jamoasida davom ettirishga qaror qildi. 

Mazkur posbon 1999 yil 20 kuni Samarqand viloyatida tug‘ilgan. “Nasaf” klubi tarbiyalanuvchisi. Qarshiliklarning turli yosh toifalaridagi jamoalarida to‘p tepgan, 2017 yildan “ajdarlar”ning asosiy tarkibi darvozasini qo‘riqlashni boshlagan.

Umidjon Ergashev O‘zbekistonning turli yosh toifalaridagi jamoalarida o‘ynagan, 2020 yildan milliy terma jamoamizga nomzod futbolchi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ravil
27/12/2024 18:27
Ergashev nasafda asosiyga tushsa yurag yutib kurardim.ketgan bulsa orqasidan suv sepib yuboringlar.