
Rasman! "Tottenxem" afrikalik futbolchini sotib oldi (foto)
"Tottenxem" "Brayton" futbolchisi Iv Bissumani o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda mashhur jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
Malilik yarim himoyachi "shporlar" bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekkan. O‘z navbatida, London klubi Iv uchun "Brayton"ga 29 million evro to‘lab beradi.
Ma’lumot o‘rnida, Bissuma yakunlangan mavsum APLning 26 o‘yinida 1 gol va 2 assist muallifiga aylangan.
Fikrlar